본문으로 서브메뉴로
2025
yilgi aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish

Sizning javobingiz Janubiy Koreya Respublikasi uchun yaxshi ma’lumot bo‘ladi.

1. Aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rov tasnifi

Aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rov nima degani?

  • Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan barcha insonlar va ularning uy-joy hajmi hamda xususiyatlarini aniqlash uchun Milliy statistik asosiy ma’lumot sifatida Koreya statistika boshqarmasi har 5 yilda, 0 va 5 raqamlari bilan tugovchi yillarda aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rovini o‘tkazib kelmoqda.
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish - bu belgilangan vaqtda mamlakatdagi yoki boshqa aniq bir hududdagi barcha insonlar, uy xo‘jaliklari va yashash joylariga tegishli demografik, iqtisodiy va sotsiologik ma’lumotlarni to‘plash, baholash, tahlil qilish va taqdim etishning butun jarayonini aniqlashdir.
  • So‘rovda uch oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida Janubiy Koreya Respublikasida istiqomat qilgan yoki yashashni rejalashtirgan chet elliklar ishtirok etishlari shart.
  • Sizning javoblaringiz "Statistika to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq qat’iy sir saqlanadi va ulardan faqat statistik ma’lumotlarni yig‘ishdan boshqa maqsadda foydalanilmaydi.
So‘rov natijalaridan foydalanish

  • Davlatning asosiy siyosatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi
  • Turli xil namunaviy so‘rovlar uchun tanlanadigan asosiy guruh va tanlab olish doirasi
  • Umumiy so‘rov davomida olingan ma’lumotlarga asoslangan holda ikkilamchi qayta ishlangan statistikani qayd etish
  • Universitet va tadqiqot markazlarida hamda xususiy tadbirkorlikda biznes boshqaruvi ma’lumotlari

2. 2025-yilgi aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish

  • So‘rovning maqsadi: Janubiy Koreya davlatidagi barcha aholi, uy xo‘jaliklari va turar-joy birliklarining umumiy soni, shuningdek, ularning tuzilishi, taqsimlanishi hamda individual xususiyatlarigacha aniqlab, natijalar davlat dasturlarini shakllantirish va baholash, akademik tadqiqotlar hamda nodavlat sektorlarni boshqarishda muhim va asos bo‘lgan ma’lumotlar sifatida foydalaniladi.
  • So‘rov muddati: 22-oktabr 2025-yil ~ 18-noyabr 2025-yil
    Siz so‘rovda ishtirok etsangiz, qur’a tashlash orqali "Koreya aholini ro‘yxatga olishning 100 yilligi munosabati bilan (50 ming vonlik gift sovg‘a) hamda mobil sovg‘a gift kuponi (30 ming vonlik) taqdim etiladi.
    Yutuq chiqqan yoki chiqmaganini tekshirish
  • So‘rovda ishtirok etuvchilar: Tadqiqot mezonlari bo‘yicha hozirgi holat, Koreya Respublikasi hududining 20% namunaviy so‘rov hududida yashayotgan barcha koreys fuqarolari va chet elliklar hamda ularning turar joyi
Internet (Kompyuter, mobil qurilma) orqali o‘tkaziladigan so‘rov
Telefon orqali so‘rov
080-2025-2025 (8:00 - 21:00, jumladan dam olish kunlari)
Tashrif buyurish va intervyu qilish orqali so‘rov (planshet)
So‘rov o‘tkazuvchi agent uyingizga keladi va planshet yordamida so‘rov o‘tkazadi.
(※ Aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish so‘rov agentligining agent xodimi Statistika agentligi xodimi ID kartasini taqdim etadi va so‘rovni planshet kompyuteri yordamida o‘tkazadi. So‘rovda qatnashishdan oldin agentning shaxsini tekshiring.)

3. "Statistika to‘g‘risida"gi Qonun

"Statistika to‘g‘risida"gi Qonunning 32-moddasi (Statistika respondentlarining to‘g‘ri javob berishlari haqidagi majburiyatlari)

  • Statistika respondentlari statistik ma’lumotlarni qayd qilish bilan bog‘liq bo‘limida faoliyat yuritayotgan shaxs tomonidan statistik ma’lumotlar qayd qilish uchun so‘roq qilingan yoki ma’lumotlar va hokazolarni taqdim etish so‘ralganda, ishonchli statistik ma’lumotlarni qayd qilish uchun u so‘rovnoma savollariga halollik bilan javob berishingiz shart.
"Statistika to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasi (Sir saqlash)

  • Jismoniy shaxslar, korporatsiyalar, tashkilot kabilarning statistik ma’lumotlarini qayd qilish jarayonida ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarga tegishli masalalar himoya qilinadi.
  • Statistik ma'lumotlarni yig'ish maqsadida to'plangan jismoniy shaxslar, korporatsiyalar yoki tashkilotlarning maxfiy ma'lumotlari statistik ma'lumotlarni qayd qilishdan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
"Statistika to‘g‘risida"gi Qonunning 34-moddasi (Statistika xodimlarining majburiyati)

  • Hozirda yoki avval statistika xodimi bo‘lgan yo statistika ma’lumotlarini qayd qilishda yarim yoki to‘liq vakolatni olgan tarzda mehnat faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘rgangan ma’lumotlardan ishdan tashqari maqsadlarda foydalanmasligi yoki boshqa shaxsga taqdim etishi mumkin emas.

4. Agentlikni tanishtirish va Aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rovda qatnashishga rag‘batlantirish

Koreya statistika boshqarmasi markaziy Milliy statistika agentligi bo‘lib, u Milliy statistikani rivojlantirishga yordam beradi va ishonchli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqaradi, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt foydali statistik ma’lumotlarni taqdim etmoqda.
Koreya Respublikasida 1925-yilda joriy etilgan zamonaviy texnikalar bilan o‘tkazilgan aholi va turar-joylarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yetakchi so‘rovi bo'lib, 2025-yilda aholini ro‘yxatga olishning 100 yilligi nishonlanadi.
Aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish so‘rovi nafaqat Koreya fuqarolari, balki chet elliklar uchun ham o‘tkaziladi va uning soliqqa tortish, nolegallik holatlarini ochiqlash yoki sud hujjatlariga mutlaqo aloqasi yo‘q.
So‘rov natijalari chet elliklar uchun siyosatni shakllantirishda asosiy ma’lumotlar sifatida qo‘llanilishi sababli, agar siz o‘zingiz va oilangiz uchun yaxshiroq kelajakni shakllantirish uchun maqsadli guruhning bir qismi sifatida tanlangan bo‘lsangiz, so‘rovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.